2025-yilda bajarilgan ilmiy loyihalar
2025-yil davomida 1 ta amaliy va 1 ta maqsadli innovatsion loyiha moliyalashtirishga tavsiya etildi.
2026-yilda amalga oshiriladigan loyihalar
Amaliy loyiha
Kuzgi bug‘doyning yangi navlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasining turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish.
Loyiha rahbari: B. Bekbanov
Amaliy loyiha
Qoraqalpog‘iston tuproq-iqlim sharoitlariga mos kungaboqarning oddiy va murakkab duragaylashdan tezpishar, serhosil, yuqori moyli yangi istiqbolli navlarini yaratish.
Loyiha rahbari: B. Aytjanov
Innovatsion loyiha
Qoraqalpog‘iston sharoitiga moslashgan, sovuq va qurg‘oqchilikka chidamli “Chimboy” va “Orol” kuzgi bug‘doy navlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish.
Loyiha rahbari: B. Bekbanov
Xalqaro loyihalar
ICBA bilan degradatsiyaga uchragan hududlarda barqaror qishloq xo‘jaligi tizimini rivojlantirish va FAO bilan jiyda plantatsiyalarini yaratish loyihalari — batafsil Xalqaro hamkorlik sahifasida.
Grantlar va investitsiya loyihalari
Jahon banki — 600 ming AQSh dollari
Prezidentning 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qarori asosida “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida ajratiladi. Institutda ekin urug‘larini tozalash, saralash va qadoqlash sexi tashkil etiladi, tajriba xo‘jaligi zamonaviy texnika bilan ta’minlanadi va uzoq vaqt foydalanilmagan yerlar qayta ishga tushiriladi.
Mas’ullar: B.X. Turdishev, X. Utemuratov
Yevroosiyo banki — 3,3 mln AQSh dollari
Prezidentning 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son farmoni asosida xalqaro loyiha ishlab chiqilib, Yevroosiyo banki e’lon qilgan tanlovga taqdim etildi.
ICBA — 16 ming AQSh dollari
“Development of Sustainable Agricultural Production Systems in Degraded Areas of Karakalpakstan” xalqaro loyihasi doirasida ilmiy tadqiqotlar. Loyihaning 2026-yilga mo‘ljallangan qiymati.
Innovatsion rivojlanish agentligi tanlovi
Klaster va fermer xo‘jaliklari muammolaridan kelib chiqqan holda jami 7 ta ilmiy loyiha ishlab chiqilib, amaliy va innovatsion loyihalar tanloviga taqdim etiladi.
Jahon banki mablag‘lari taqsimoti
| Yo‘nalish | Summa |
|---|---|
| Ekin urug‘larini tozalash, saralash va qadoqlash sexi jihozlari | 100 000 $ |
| Don tozalash, saralash, qadoqlash binosi qurilishi (100 m², 350 m³) | 100 000 $ |
| Qishloq xo‘jaligi texnikasi: New Holland 7060 va 2 ta Belarus 100X traktorlari, Lemken Juwel 8 plugi, lazerli tekislagich, pnevmatik seyalka, kultivatorlar, ekskavator va boshqalar | 346 191 $ |
| 20 gektar paxta maydoni uchun tomchilatib sug‘orish uskunasi | 39 370 $ |
| 20 kVt quyosh panellari | 8 159 $ |
| Interaktiv doska va konferens-kamera | 6 280 $ |
| Jami | 600 000 $ |
- Sex ish hajmi 50–55 foizga oshadi, sifatli urug‘liklar o‘z vaqtida tayyorlanadi va yetkazib beriladi.
- Tomchilatib sug‘orish suv sarfini 50 foizgacha tejaydi va 10–15 foiz qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi.
- Yangi texnika bilan yerlarga chuqur ishlov berilib, gektaridan 10–15 sentner qo‘shimcha hosil olinadi.
“Beruniy Agrostar” MChJ bilan hamkorlik loyihasi
Institut tajriba maydonida (7 ga) makkajo‘xori, jo‘xori, Afrika tarig‘i va beda nav urug‘chiligini tashkil etish va sertifikatlangan yuqori avlodli urug‘lik yetishtirish.
| Ekin va nav | Xususiyati | Maydon | Urug‘lik |
|---|---|---|---|
| Makkajo‘xori, “O‘zbekiston-601 YeSV” | Don va silos uchun | 2 ga | 6 t |
| Jo‘xori, “Qorabosh” | Don va silos uchun | 2 ga | 4 t |
| Afrika tarig‘i, G-6 | Don va silos uchun | 1 ga | 2 t |
| Beda, “Qoraqalpoq-15” | Senaj uchun | 2 ga | 0,5 t |
| Jami | 7 ga | 12,5 t |
- 2026-yilda 12,5 tonna sertifikatlangan urug‘lik yetishtirilib, urug‘chilik tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
- Ushbu ekinlar urug‘ining importi qisqaradi.
- Urug‘ yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha seminarlar o‘tkaziladi.
- Yuqori avlodli urug‘lar yangi mahalliy brend ostida sotuvga chiqariladi.
2023–2025-yillarda bajarilgan ilmiy loyihalar
Ishlanmalarni tijoratlashtirish
Institutda yaratilgan g‘o‘zaning “Chimboy-5018” va KK-3535 navlari urug‘larini yetishtirishdan olingan daromad: 2023-yilda — 734,0 mln so‘m, 2024-yilda — 981,0 mln so‘m, 2025-yilda — 1 150,0 mln so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.
Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi
Agroklasterlar bilan hamkorlik
“Kegeyli-Chimboy”
Paxta klasteri
“Juz-Basy”
Sholi klasteri
“Chimboy-Don”
G‘alla klasteri
“Panaev-Farms”
Chorva klasteri
Tajriba xo‘jaligini rivojlantirish
Muammolar
- Degradatsiyaga uchragan ekin maydonlarining holatini yaxshilash.
- Suv tanqisligi mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish.
- Tajriba xo‘jaligining moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash.
Yechimlar
- Yerga chuqur ishlov beruvchi yuqori unumli 1 ta va qator orasiga ishlov beradigan 2 ta traktor xarid qilish.
- 20 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish — foydalanilmay turgan yerlarda gektaridan 13–18% yuqori hosil.
Tuproq unumdorligini oshirish
- Tuproqda eriydigan tuzlar bilan oziqlanadigan sianobakteriyalardan tayyorlangan preparatni qo‘llash.
- Beda va dukkakli ekinlar ishtirokida almashlab ekish tizimini joriy etish.
- Organik o‘g‘itlar, kompostlar va siderat ekinlardan foydalanish.
