2025-yil faoliyati bo‘yicha hisobot
Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida 2025-yilda ilm-fan yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va 2026-yil rejalari.
Asosiy natijalar
108Ilmiy maqolalar, shundan 26 tasi Web of Science va Scopusda
11Ishlab chiqarishga joriy etilgan navlar
KK-3544G‘o‘zaning yangi navi nav sinash markaziga topshirildi
76 tTijoratlashtirilgan urug‘lik
1,455 mlrdso‘mlik 4 ta ilmiy loyiha
40,7%Tajriba xo‘jaligi rentabelligi
600 ming $Jahon banki granti
16O‘tkazilgan seminarlar
2026-yil rejalari
- Institutda hamda klaster va fermer xo‘jaliklari maydonlarida 25 ta ilmiy seminar-trening o‘tkazish, ishtirokchilar soni — 1 500 nafar.
- 7 ta tavsiya ishlab chiqish va xorijiy hamda mahalliy jurnallarda 98 dan ortiq maqola chop ettirish.
- Klaster va fermer xo‘jaliklariga 76 tonna yuqori avlodli urug‘lik yetkazib berish.
- Kungaboqar va yem-xashak ekinlarining 1 tadan yangi navini yaratish bo‘yicha seleksion tadqiqotlarni davom ettirish.
- Navlarni saralash va qadoqlash liniyasini ishga tushirish.
- 3 ta PhD va 1 ta DSc dissertatsiya himoyasi, 1 ta patent olish.
- 2026-yil uchun doktoranturaga (DSc) 1 nafar, tayanch doktoranturaga (PhD) 9 nafar talabgor qabul qilindi.
2026-yilda yetishtiriladigan urug‘liklar
| Ekin turi va navi | Maydon | Urug‘lik |
|---|---|---|
| G‘o‘zaning KK-3535 navi | 500,0 ga | 54,0 t |
| Bug‘doyning “Chimboy” navi | 28,0 ga | 7,0 t |
| Bug‘doyning “Aral” navi | 80,0 ga | 20,0 t |
| Bug‘doyning “Saule” navi | 10,0 ga | 2,5 t |
| Kunjutning “Qarshig‘a” navi | 400,0 ga | 2,0 t |
2026-yilda o‘tkaziladigan dala o‘quv seminarlari
| Sana | Joyi | Mavzu | Ishtirokchilar |
|---|---|---|---|
| 5-yanvar – 12-fevral | Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlari | Qoraqalpog‘istonning degradatsiyaga uchragan hududlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror tizimini rivojlantirish | — |
| 14-mart | Chimboy tumani | Tuproqning sho‘rlanish darajalari, sho‘r yuvish usullari va me’yorlari, sho‘rlangan yerlarda agromeliorativ tadbirlar | 30 |
| 12-aprel | Chimboy tumani | Hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib g‘o‘zani ekish va yetishtirish agrotexnologiyalari | 70 |
| 27-may | Chimboy va Kegeyli tumanlari | G‘o‘zani kultivatsiya qilish va oziqlantirish agrotexnologiyalari | 60 |
| 5-iyun | Chimboy tumani | Ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyalari | 50 |
2023–2025-yillarda amalga oshirilgan ishlar va natijalar
5 216 mlnso‘m — 3 yilda bajarilgan ilmiy loyihalar
196Ilmiy ish xorijiy va mahalliy nashrlar hamda konferensiyalarda
15Nashr etilgan tavsiyanomalar
52Hududlarda o‘tkazilgan seminarlar
Yaratilgan va Davlat nav sinash markaziga topshirilgan navlar
- 2023-yil: g‘o‘zaning KK-3545, kunjutning “Onimdar”, bahorgi bug‘doyning “Saule” navlari.
- 2024-yil: g‘o‘zaning “Chimboy-5060” va KK-3544, bahorgi bug‘doyning “Saule” navlari.
- 2025-yil: ilmiy loyihalar doirasida kungaboqarning 1 ta yangi navini yaratish rejalashtirilmoqda.
- 2026-yil: AQSh va Meksika nav namunalari ishtirokida intensiv, tupi optimal tuzilishga ega o‘rta tolali g‘o‘za navlarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar davom etmoqda; Meksika namunalari ishtirokida g‘o‘zaning 1 ta yangi navini yaratish rejalashtirilgan.
