Tuzilma sxemasi
Ilmiy laboratoriyalar 7
Bo‘limlar va xizmatlar 0
Laboratoriyalar
Institutda 7 ta laboratoriya va 1 ta ilmiy-tajriba xo‘jaligi faoliyat yuritadi. Quyida laboratoriyalarning ilmiy mavzulari va 2025-yil natijalari keltirilgan.
G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi
Mavzu: Qoraqalpog‘iston iqlim sharoitida g‘o‘zaning AQSh va Meksika namunalaridan olingan F2 duragaylarining qimmatli xo‘jalik belgilari o‘zgaruvchanligini o‘rganish.
Natija: 39 ta kolleksion nav, 200 ta duragay, 12 ta tizma va 11 ta yangi nav sinovdan o‘tkazildi. G‘o‘zaning yangi KK-3544 navi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga topshirildi.
Don, dukkakli va moyli ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi
Mavzu: Kuzgi bug‘doyning istiqbolli “Aral” navi birlamchi urug‘chiligini tashkil etish.
Natija: 9 800 kg navdor urug‘lik yetishtirildi: 6 000 kg urug‘ 24 gektarga ekildi, 3 800 kg tijoratlashtirishga yo‘naltirildi. “Chimboy” (NAP 2020 0051) va “Aral” (NAP 2020 0052) navlariga patent olish uchun talabnoma Intellektual mulk agentligiga topshirildi.
Ozuqa ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi
Mavzu: Afrika tarig‘ining G-6, jo‘xorining “Oq jo‘xori” va “Qorabosh” navlari urug‘chiligini tashkil etish.
Natija: navlarning navdorligi 98 foizga yetkazildi; G-6 navidan 365 kg, “Oq jo‘xori”dan 385 kg, “Qorabosh”dan 946 kg original urug‘lik yetishtirildi.
O‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish laboratoriyasi
Mavzu: Don, dukkakli va moyli ekinlar biotopida zararkunandalar bioekologiyasini o‘rganish va takomillashtirilgan kurash choralarini joriy etish.
Ishlar: laboratoriyada entomofaglar ko‘paytirilib, tajriba xo‘jaligidagi 100 gektar va Chimboy tumanidagi klaster va fermer xo‘jaliklarining 600 gektar paxta maydoniga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatiladi; agrar soha xodimlari va OTM talabalari uchun o‘quv seminarlari tashkil etiladi.
Ekinlarni sug‘orish va tuproq melioratsiyasi laboratoriyasi
Mavzu: Makkajo‘xorining “O‘zbekiston 301 MV”, “O‘zbekiston 601 YeSV” va “Qorasuv 350 AMV” navlarini yer osti va ariq suvlari bilan sug‘orish me’yorlarini aniqlash.
Natija: yer osti qudug‘i suvi (minerallashuvi 2,4 g/l) bilan sug‘orilgan navlarda ariq suviga (1,0–1,5 g/l) nisbatan vegetatsiya davri 2–3 kunga qisqardi.
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash laboratoriyasi
Mavzu: Ekinlarni suspenziya usulida mineral va organik o‘g‘itlar bilan ildizdan oziqlantiruvchi texnika vositasini ishlab chiqish.
Kutilayotgan natija: o‘g‘itni aniq dozada va bir maromda ildiz zonasiga yetkazish hisobiga o‘g‘it sarfi 20–30 foizga kamayadi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari agrotexnologiyasi va tuproq unumdorligi laboratoriyasi
Mavzu: Siderat ekinlarning tuproq unumdorligi va kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’sirini aniqlash, yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish.
Natija: siderat ekinlardan so‘ng tuproqning 0–30 sm qatlamida gumus miqdori 0,03 foizgacha, harakatchan azot 0,8 mg/kg gacha ortdi.
Bo‘limlar va xizmatlar
Biolaboratoriya
Entomofaglarni ko‘paytirish va o‘simliklarni biologik himoya qilish ishlari uchun alohida bino.
Kutubxona va axborot-resurs bo‘limi
Ilmiy adabiyotlar fondi va axborot resurslari. Elektron nashrlar — Onlayn kutubxona.
Ilmiy-tajriba xo‘jaligi
Navlarni sinash, birlamchi urug‘chilik va yangi agrotexnologiyalarni sinovdan o‘tkazish maydoni.
Ma’muriy bo‘limlar
- Moliya, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi
- Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis
- Bosh yuriskonsult
- Xalqaro aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis
- Devonxona
