Tajriba xo‘jaligida monitoring – samaradorlikni ta’minlaydi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan monitoring ishlari olib borildi. Monitoring jarayonida institut tajriba xo‘jaligidagi ekin maydonlaridan samarali foydalanish, yerlarning agroekologik holati, shuningdek, 2025-yil hosili uchun ekilgan qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda amalga oshirilayotgan agrotexnika tadbirlari, tajriba xo‘jaligining moddiy-texnika









