Hisobotlar

2025-yil faoliyati bo‘yicha hisobot

Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida 2025-yilda ilm-fan yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va 2026-yil rejalari.

Asosiy natijalar

108Ilmiy maqolalar, shundan 26 tasi Web of Science va Scopusda
11Ishlab chiqarishga joriy etilgan navlar
KK-3544G‘o‘zaning yangi navi nav sinash markaziga topshirildi
76 tTijoratlashtirilgan urug‘lik
1,455 mlrdso‘mlik 4 ta ilmiy loyiha
40,7%Tajriba xo‘jaligi rentabelligi
600 ming $Jahon banki granti
16O‘tkazilgan seminarlar

2026-yil rejalari

  • Institutda hamda klaster va fermer xo‘jaliklari maydonlarida 25 ta ilmiy seminar-trening o‘tkazish, ishtirokchilar soni — 1 500 nafar.
  • 7 ta tavsiya ishlab chiqish va xorijiy hamda mahalliy jurnallarda 98 dan ortiq maqola chop ettirish.
  • Klaster va fermer xo‘jaliklariga 76 tonna yuqori avlodli urug‘lik yetkazib berish.
  • Kungaboqar va yem-xashak ekinlarining 1 tadan yangi navini yaratish bo‘yicha seleksion tadqiqotlarni davom ettirish.
  • Navlarni saralash va qadoqlash liniyasini ishga tushirish.
  • 3 ta PhD va 1 ta DSc dissertatsiya himoyasi, 1 ta patent olish.
  • 2026-yil uchun doktoranturaga (DSc) 1 nafar, tayanch doktoranturaga (PhD) 9 nafar talabgor qabul qilindi.

2026-yilda yetishtiriladigan urug‘liklar

Ekin turi va naviMaydonUrug‘lik
G‘o‘zaning KK-3535 navi500,0 ga54,0 t
Bug‘doyning “Chimboy” navi28,0 ga7,0 t
Bug‘doyning “Aral” navi80,0 ga20,0 t
Bug‘doyning “Saule” navi10,0 ga2,5 t
Kunjutning “Qarshig‘a” navi400,0 ga2,0 t

2026-yilda o‘tkaziladigan dala o‘quv seminarlari

SanaJoyiMavzuIshtirokchilar
5-yanvar – 12-fevralQoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlariQoraqalpog‘istonning degradatsiyaga uchragan hududlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror tizimini rivojlantirish—
14-martChimboy tumaniTuproqning sho‘rlanish darajalari, sho‘r yuvish usullari va me’yorlari, sho‘rlangan yerlarda agromeliorativ tadbirlar30
12-aprelChimboy tumaniHududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib g‘o‘zani ekish va yetishtirish agrotexnologiyalari70
27-mayChimboy va Kegeyli tumanlariG‘o‘zani kultivatsiya qilish va oziqlantirish agrotexnologiyalari60
5-iyunChimboy tumaniOzuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyalari50

2023–2025-yillarda amalga oshirilgan ishlar va natijalar

5 216 mlnso‘m — 3 yilda bajarilgan ilmiy loyihalar
196Ilmiy ish xorijiy va mahalliy nashrlar hamda konferensiyalarda
15Nashr etilgan tavsiyanomalar
52Hududlarda o‘tkazilgan seminarlar

Yaratilgan va Davlat nav sinash markaziga topshirilgan navlar

  • 2023-yil: g‘o‘zaning KK-3545, kunjutning “Onimdar”, bahorgi bug‘doyning “Saule” navlari.
  • 2024-yil: g‘o‘zaning “Chimboy-5060” va KK-3544, bahorgi bug‘doyning “Saule” navlari.
  • 2025-yil: ilmiy loyihalar doirasida kungaboqarning 1 ta yangi navini yaratish rejalashtirilmoqda.
  • 2026-yil: AQSh va Meksika nav namunalari ishtirokida intensiv, tupi optimal tuzilishga ega o‘rta tolali g‘o‘za navlarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar davom etmoqda; Meksika namunalari ishtirokida g‘o‘zaning 1 ta yangi navini yaratish rejalashtirilgan.
Scroll to Top