Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz

Bugun «Qoraqalpog’iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institut»ida «Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz» shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Chimboy tumani IIB Gujimli MFY profilaktika inspektori, kichik leytinant Timur Japanov, Chimboy tumani adliya bo’limi maslahatchisi Abat Dastenov va «Madad» nodavlat notijorat tashkiloti Chimboy tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Salamat Daumenovlar, institut mehnat jamoasi va xodimlari faol ishtirok etishdi.

Davra suhbati avvalida institut yuristi Aqilbek Jumabaev maishiy korrupsiya va uning turlari, kundalik hayotda, fuqarolarning davlat xizmatlari bilan o‘zaro munosabatida vujudga keladigan poraxo‘rlik, korrupsiya davlat boshqaruvi samaradorligini pasaytiruvchi, adolat tamoyillarini yemiruvchi asosiy to‘siq bo’lishi va Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari haqida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, institutda korrupsiyaviy xavflarni oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ichki nazorat mexanizmlariga ham toʻxtalib oʻtdi.

Soha mutahasislari Chimboy tumani IIB Gujimli MFY profilaktika inspektori, kichik leytinant Timur Japanov, Chimboy tumani adliya bo’limi maslahatchisi Abat Dastenov va «Madad» nodavlat notijorat tashkiloti Chimboy tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Salamat Daumenovlar ham so’zga chiqib korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi nazariy hamda amaliy jarayonlar va uni oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan javobgarlik choralari, xususan, jinoiy va ma’muriy javobgarliklar toʻgʻrisida batafsil ma’lumot berishdi.

Suhbat yakunida ishtirokchilar soha mutahasislaridan korrupsiyaning oldini olish, uni huquqiy tartibga solish va javobgarlik masalalari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga to’laqonli javob oldilar.

Scroll to Top