Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Bekmurat Turdishevning boshchiligida Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o‘lkasidan introduksiya qilingan xantal, moyli zig’ir, raps va kungaboqar ekinlariga oid urug‘ namunalari institut tajriba maydonlariga ekildi. Mazkur tajriba ishlari ushbu ekin turlarining mintaqaning tuproq-iqlim sharoitiga moslashuvchanligi, agrobiologik xususiyatlari hamda hosildorlik ko‘rsatkichlarini kompleks baholashga qaratilgan.







