Paxtachilikdagi 8 ta qonun: Vazir fermerlarga muhim tavsiyalar berdi

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov fermerlar bilan dalalarda uchrashib, agrotexnik tadbirlarning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Vazir ta’kidlaganidek:

“Agar fermer o‘zi ishlasa, o‘zi qiziqib ishlasa, albatta natija bo‘ladi, daromad bo‘ladi. Ammo egallagan bilimini amaliyotda qo‘llamasa, u bilim javonlarda qolib ketaveradi.”

Shuningdek, avvalo o‘tgan yillardagi tajribalarni tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xatolardan xulosa chiqarish va zamonaviy agrotexnologiyalarni to‘g‘ri qo‘llash zarurligi qayd etildi.

Bugungi kunda paxtachilik eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda fermerlar uchun ishlab chiqilgan 8 ta muhim agrotexnik qonun bosqichma-bosqich tushuntirilmoqda.

Ushbu videoda birinchi qonun — g‘o‘za ko‘chatining optimal qalinligini ta’minlash masalasi yoritiladi.

Batafsil videoda.

Respublika agroxizmatlari markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

Video: Telegram

Scroll to Top