Qoraqalpog‘istonda kunjut yetishtirish va qayta ishlash istiqbollari o‘rganildi

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, eksportbop va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 307-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilayotgan kunjut yetishtirish va uni qayta ishlash loyihasi yuzasidan monitoring ishlari o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘istonda kunjut yetishtirish va qayta ishlash istiqbollari o‘rganildi
Qoraqalpog‘istonda kunjut yetishtirish va qayta ishlash istiqbollari o‘rganildi
Qoraqalpog‘istonda kunjut yetishtirish va qayta ishlash istiqbollari o‘rganildi
Qoraqalpog‘istonda kunjut yetishtirish va qayta ishlash istiqbollari o‘rganildi
Qoraqalpog‘istonda kunjut yetishtirish va qayta ishlash istiqbollari o‘rganildi
Qoraqalpog‘istonda kunjut yetishtirish va qayta ishlash istiqbollari o‘rganildi

Monitoring davomida Qishloq xo’jaligi vazirligi mas’ullari tomonidan kunjut o‘simligini mahalliy tuproq-iqlim sharoitida yetishtirish texnologiyalari, hosildorlik ko‘rsatkichlari hamda xomashyoni qayta ishlash jarayonlari atroflicha o‘rganildi. Ayniqsa, kunjutdan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot — kunjut yog‘i ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning iqtisodiy samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, loyihaning amaliy natijalari tahlil qilinib, hududda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda qayta ishlash sanoatini rivojlantirishdagi ahamiyati baholandi. Monitoring yakunlari bo‘yicha loyiha samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi nafaqat kunjut yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish, balki mahsulotni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida mahalliy aholi bandligi va daromadlarini oshirish, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish hamda ichki bozorda sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ulushini kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Telegram kanali

Scroll to Top