Yuqori hosildorlik sari: paxtachilikning 8 muhim qonuni

Bugungi zamonaviy paxtachilikda yuqori hosil olishning siri nimada?

Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning 8 ta asosiy qonuni ishlab chiqilgan. Mazkur qonunlar ilmiy tajriba va amaliy kuzatuvlarga asoslanib, bugungi paxtachilikning eng muhim mezonlari sifatida tavsiya etilmoqda.

Bugundan boshlab ushbu tavsiyalar asosida maxsus video turkumini boshlaymiz.
1-qonun/qoida– ko‘chat qalinligi.

Yuqori hosil olish uchun har bir gektarda kamida 200 ming tup g‘o‘za bo‘lishi shart.

Ko‘chat siyrak bo‘lsa, maydondan to‘liq foydalanilmaydi va hosildorlik pasayadi. Me’yoriy qalinlik esa har bir g‘o‘zaning to‘liq rivojlanishi, yorug‘lik va oziqa moddalardan samarali foydalanishi hamda yuqori hosil shakllanishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Batafsil — videoda.

Keyingi videolarimizda paxtachilikning qolgan 7 ta muhim qonuni bilan ham tanishasiz. Ularni o’tkazib yubormaslik uchun sahifamizni kuzatib boring.

Video: Telegram

Scroll to Top