Qishloq xo‘jaligida yangi yondashuvlar: ICBA bilan hamkorlik kengaydi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) bosh direktori, doktor Tarifa Alzaabi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Muzokaralarda “Barqaror qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish” loyihasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi moliyalashtiruvi asosida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Qoraqalpog‘istonda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ijobiy natijalar bermoqda. Xususan, “ko‘k no‘xat”, amarant










