Nav Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining ilmiy mahsulidir.

Tik o‘sadi, bo‘yi o‘rtacha 90-100 sm, poyasi yotib qolishga chidamli.
Tez pishar, tuplanishi va mahsuldor poyalar shakllanishi yuqori. Boshog‘i piramidasimon. O‘rtacha hosildorligi gektaridan 75-85 sentnerni tashkil qiladi.
Sovuqqa, qurg‘oqchilikka, issiqlikka chidamli.
Qo‘ng‘ir va sariq zang, un shudring kasalliklariga chidamli, septorioz va boshoq fuzarioziga o‘rtacha chidamli.
Navni shimoliy hududlarda 5-sentabrdan boshlab sentabr oyining oxirigacha ekish tavsiya etiladi. Janubiy hududlarda 15-sentabrdan ekkan ma’qul. Gektariga 4,5-5.0 mln dona hisobida urug‘ ekiladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Telegram kanali


