Qoraqalpog‘istonda tuproq sho‘rlanishini kamaytirish va unumdorligini oshirish texnologiyalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sug‘oriladigan yerlarning 91 foizi turli darajada sho‘rlangan. Quyida tuproq sifatini yaxshilash, sho‘rlanishni kamaytirish va sho‘rga chidamli navlar yaratish bo‘yicha taklif etilayotgan texnologiyalar va ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlari keltirilgan.

Tuproqning bugungi holati

415 000 gaJami sug‘oriladigan ekin yerlari
380 000 gaTurli darajada sho‘rlangan (91%)
290 000 gapH ko‘rsatkichi yuqori: 7,6–8,5 (me’yor 6,5–7,0)
90 000 gaSentabr–aprel oylarida bo‘sh qoladigan yerlar

Sho‘rlangan maydonlar: kuchsiz sho‘rlangan — 130 000 ga (31%), o‘rta sho‘rlangan — 125 000 ga (30%), kuchli va o‘ta kuchli sho‘rlangan — 125 000 ga (30%).

Tuproq sifatini yaxshilash texnologiyalari

1

Tuproq pH ko‘rsatkichini me’yorlashtirish

Azot kislotasi eritmasi qo‘llaniladi: 1 tonna suvga 100 ml, 1 gektarga 150 litr (1 litr — 4 000 so‘m, gektariga 600 000 so‘m).

290 000 ga uchun: xarajat 174,0 mlrd so‘m, paxtachilikda qo‘shimcha hosil 90 000 tonna, qo‘shimcha daromad 580 mlrd so‘m.

2

Siderat ekinlardan foydalanish

Tavsiya etiladigan ekinlar: javdar, tritikale, sudan o‘ti, raps, suli va xashaki no‘xat. Hosildorlik 25–30 foizgacha oshadi, tuproq tarkibi yaxshilanadi, sho‘rlanish darajasi pasayadi, sho‘r yuvish uchun suv sarfi kamayadi.

1 gektarga: urug‘ 150 kg (1 kg — 7 000 so‘m), yoqilg‘i 20 litr, jami xarajat 1,45 mln so‘m; paxtadan qo‘shimcha 4–6 s/ga, o‘rtacha daromad 3,2 mln so‘m.

90 000 ga uchun: xarajat 130 mlrd so‘m, daromad 290 mlrd so‘m.

3

Mikrobiomlarni qo‘llash

Agrobacterium, Azotobacter, Bacillus firmus, Penicillium bilaii va boshqalar. Mineral o‘g‘itlarni o‘zlashtirish darajasi 50 foizgacha oshadi, atmosferadan azot o‘zlashtiriladi, tuproqda fosfor va kaliy harakati yaxshilanadi.

Paxtada: xarajat 400 000 so‘m/ga (90 000 ga — 36 mlrd so‘m), daromad 3,2 mln so‘m/ga (288 mlrd so‘m), gektaridan 5 sentnergacha qo‘shimcha hosil.

4

Gidrogel qo‘llash

Tuproqda namlikni 20–30 foizgacha saqlash imkonini beradi, o‘simlik oziqa elementlarini o‘zlashtirish darajasi 15 foizgacha oshadi.

Paxtada: xarajat 2 mln so‘m/ga 4 yilga (90 000 ga — 180 mlrd so‘m), daromad 3,2 mln so‘m/ga (288 mlrd so‘m), gektaridan 5 sentnergacha qo‘shimcha hosil.

Amalga oshirish mexanizmi: klaster va fermer xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy-tajriba stansiyalari ishtirokida 200 gektargacha maydonda ilmiy tajriba o‘tkaziladi. Moliyalashtirish manbasi — respublika va xalqaro tashkilotlar mablag‘lari.

Orolbo‘yidagi sho‘rlangan yerlarni galofitlar orqali qayta o‘zlashtirish

5,5 mln gaTuzli qum maydonlari
100 mln tHar yili atrofga tarqaladigan tuzli qum bo‘ronlari
4–5 mln $Loyiha uchun talab etiladigan mablag‘

Galofit — sho‘r tuproqlarda o‘sadigan, tuzni tuproqdan o‘zlashtirib o‘z tanasida to‘playdigan o‘simlik. Bularga tamariks, salsola, bromiks, agropiron, amarant kabilar kiradi, ular yem-xashak va don sifatida ham ishlatiladi.

Galofitlarni noan’anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlari bilan navbatlab ekish texnologiyasi tuproqdagi tuz miqdorini kamaytiradi va qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun qulay tuproq muhitini yaratadi. Moliyaviy manba — xorijiy moliya institutlari mablag‘lari.

Sho‘rlanishni kamaytiruvchi vositalar

AQUASORB — superabsorbent

Suvda erimaydi, o‘z vaznidan 400 martagacha ko‘p suv to‘playdi, qurg‘oqchilik stressini kamaytiradi, oziq elementlarni yutib qayta chiqaradi, mikroflorani faollashtiradi va urug‘lar unuvchanligini oshiradi.

Qo‘llanilishi: daraxt va buta ildiz tizimiga in’eksiya qilish, texnik ekinlarni ekishda, tuproqqa aralashtirish va mulchalash.

FLOBOND — tuproq konditsioneri

Suvda eriydi, tuproq g‘ovakligini oshiradi. Turlari: FLOBOND DI 2010 (tomchilatib sug‘orishda), FLOBOND LX50 (tuproqni tuzsizlantirishda), FLOBOND A-30 (qatqaloqqa qarshi), FLOBOND Watercoat SC 101 (urug‘ni ivitish uchun, 1 000 kg urug‘ga 5 litr).

Natija: paxta hosili 15–18 foizga, issiqxonada pomidor hosili 20–25 foizgacha oshadi.

FLOBOND antituz

Oson eriydigan suyuq mahsulot, har qanday sug‘orish tizimiga mos, birinchi sug‘orishda qo‘llaniladi. Samarali konsentratsiyasi — 100 mg/l. 4 marta sug‘orish natijasida tuproqdagi natriy miqdori 3 marta kamayadi.

Sho‘rga chidamli navlar yaratish

Hududga mos mavjud sho‘rga chidamli navlar:

EkinNavlar
PaxtaChimboy-5018 (6 411 ga), S-4727, Mang‘it 1 (251 ga)
Bug‘doyO‘tkir, Shurtanboy, Amangul
SholiGuliston, Nukus-2, Nukus-70
Jo‘xoriDaulet, Massino, Oq jo‘xori
KunjutQorashahzoda, Qarshig‘a, Sadaf
KungaboqarKK-50, KK-28, KK-52

Tezkor seleksiya usulida sho‘rga chidamli navlar yaratish dasturi (2022–2024-yillar) xorijiy olimlar rahbarligida besh yo‘nalishda tuzilgan. AQSh, Xitoy, Rossiya, Meksika, Misr, Gretsiya, Turkiya, Belarus va Ukrainadan nav namunalari keltirilib, ular asosida germoplazma yordamida sho‘rga chidamli navlar tanlanadi va Davlat nav sinoviga topshiriladi.

Yo‘nalishRahbarKutilayotgan natija
PaxtachilikK. Palme (Germaniya)O‘rtacha hosildorlik 35 s/ga (hozir 27,3 s/ga)
G‘allachilik va moyli ekinlarH. Bürstmayr (Avstriya)G‘alla 50 s/ga (41,1), kunjut 15 s/ga (10), kungaboqar 25 s/ga (17); biotik va abiotik stresslarga chidamli, kleykovinasi yuqori 5 ta nav
SholichilikK. Katsura (Yaponiya)O‘rtacha hosildorlik 55 s/ga (hozir 42,0 s/ga); suvni kam talab qiladigan 2 ta uzun donli nav; 4 ta mahalliy va 12 ta xorijiy nav introduksiya qilinadi, Vyetnamdan 3 nafar ekspert jalb etiladi
Sabzavot va polizM. J. Havey (AQSh)O‘rtacha hosildorlik 350 s/ga (hozir 200 s/ga); 3 ta sho‘rga chidamli nav Davlat sinoviga topshiriladi
Ozuqa ekinlariJ. Driver (AQSh)O‘rtacha hosildorlik 160 s/ga (hozir 120 s/ga); 3 ta sho‘rga chidamli nav Davlat sinoviga topshiriladi

Moliyalashtirish manbalari: davlat grantlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining nobyudjet mablag‘lari va xorijiy grantlar (400 ming, 300 ming va 100 ming AQSh dollari). Hamkor davlatlar: AQSh, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, MDH davlatlari, Koreya, Yaponiya va boshqalar.

Tumanlar kesimida tuproq sho‘rlanishi

№TumanSug‘oriladigan yer, gaShundan sho‘rlangan, gaUlushi, %
1Amudaryo30 979,022 739,073,4
2Beruniy22 645,022 645,0100,0
3Nukus tumani22 263,020 065,690,1
4Qo‘ng‘irot33 592,031 289,493,1
5Qanliko‘l30 512,029 367,096,2
6Qorao‘zak30 704,030 566,099,5
7Kegeyli45 666,042 206,592,4
8To‘rtko‘l21 556,020 662,695,9
9Xo‘jayli26 271,023 845,890,8
10Chimboy41 910,038 576,892,0
11Ellikqal’a26 708,015 685,358,7
12Shumanay26 604,026 603,9100,0
13Nukus shahri189,0189,0100,0
14Taxtako‘pir30 767,030 443,699,0
15Mo‘ynoq25 073,025 073,0100,0
Jami415 439,0380 958,491,4

Material A. Turaevning taqdimoti asosida tayyorlandi.

Scroll to Top