Bugun Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo‘jaligi yerlarida kartoshka ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Mazkur agrotexnik tadbir doirasida yerlarni ekishga tayyorlash, urug‘lik kartoshkalarni tanlash va ularni belgilangan me’yorlar asosida ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Jarayonda ilg‘or agrotexnologiyalar qo‘llanilib, yuqori hosildorlikka erishish maqsad qilingan.
Mutaxassislar nazorati ostida olib borilayotgan ushbu ishlar kelgusida sifatli va mo‘l hosil olish, shuningdek, yangi navlarning sinovdan o‘tkazilishiga xizmat qiladi.









