COP29: O‘zbekistonlik olim Orolbo‘yi mintaqasida agrar sohani rivojlantirishdagi xalqaro hamkorlik natijalari xususida ma’ruza qildi
Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ortib borayotgan global tahdidlar davlatlarni, xalqlarni o‘zaro birlashgan holda harakat qilishga undaydi. Shu kunlarda Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) ayni maqsadlarga qaratilgan. Ushbu konferensiyada Milliy markaz tizimidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Bekmurod Turdishev ham ishtirok etdi. U konferensiyada Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi

