Agrotavsiyalar

Agrotavsiyalar

Sho‘r tuproq sharoitida qisqa rotatsiyali almashlab ekish: tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish usullari

Tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligiga salbiy ta’sir qiladi. Uni kamaytirish, tuproq unumdorligini va ekinlar hosildorligini oshirish uchun qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimini joriy etish tavsiya etiladi. 2,1–5,7%G‘o‘zadan olinadigan samaradorlik ortadi 1,9–4,7 s/gaG‘o‘zadan qo‘shimcha hosil 10 t/gaHar yili qo‘llaniladigan organik o‘g‘it 1:2Qisqa rotatsiyali almashlab ekish nisbati Usulning mazmuni Tadbirning maqsadi Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini va

Agrotavsiyalar

Qoraqalpog‘istonda tuproq sho‘rlanishini kamaytirish va unumdorligini oshirish texnologiyalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sug‘oriladigan yerlarning 91 foizi turli darajada sho‘rlangan. Quyida tuproq sifatini yaxshilash, sho‘rlanishni kamaytirish va sho‘rga chidamli navlar yaratish bo‘yicha taklif etilayotgan texnologiyalar va ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlari keltirilgan. Tuproqning bugungi holati 415 000 gaJami sug‘oriladigan ekin yerlari 380 000 gaTurli darajada sho‘rlangan (91%) 290 000 gapH ko‘rsatkichi yuqori: 7,6–8,5 (me’yor 6,5–7,0) 90 000 gaSentabr–aprel

Agrotavsiyalar, Yangiliklar

G‘o‘zani “qaritish” qachon boshlash kerak? Etefon qancha miqdorda qo‘llanadi?

Avgust oyida g‘o‘zani “qaritish”ni boshlash, Etefon preparatini qachon va qanday me’yorda qo‘llash kerak? Eng ko‘p uchraydigan xatolar nimalardan iborat? Bu savollarga Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti professori Shuhrat Abdualimov batafsil javob beradi. To‘liq suhbatni YouTube’da tomosha qiling:https://youtu.be/CFtBiWLcVKs?si=6bHiY_JLRqSaADqh Qisqa videolarni Instagram sahifamizda kuzating:https://www.instagram.com/ Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

Agrotavsiyalar, Yangiliklar

Etefon – yuqori hosil garovi

Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov paxtachilik bilan shug‘ullanayotgan fermer va dehqonlarga muhim tavsiya berdi. Vazir ta’kidlashicha, 1-avgust kuni Etefon qo‘llash paxtaning o‘z vaqtida pishishi va hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. “Paxta ichida katta bo‘lganman. Menga quloq soling. 1-avgust kuni albatta Etefon seping. Etefon — bu defoliatsiya emas, balki qarish gormoni. U o‘simlikka mavsum yakunlanayotganini

Agrotavsiyalar, Yangiliklar

7-qonun – barcha qonunlarga qat’iy amal qilish

Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, paxtachilikda natijaga bitta agrotexnik tadbir bilan erishib bo‘lmaydi. Ko‘chat qalinligi, ekish sxemasi, o‘simlikni boshqarish, o‘g‘itlash, paxtani pishirish va himoya maydonini tashkil etish bo‘yicha barcha talablar bir butun tizim sifatida bajarilishi kerak. Faqat barcha qonunlarga to‘liq amal qilingandagina dalada kutilgan natija va yuqori hosildorlikka erishish mumkin. Batafsil –

Agrotavsiyalar, Yangiliklar

6-qonun – himoya maydoni

Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning qayd etishicha, ko‘sak qurtiga chidamli navlarni ekish bilan birga biologik muvozanatni ham saqlash zarur. Shu sababli bunday dalalarning 10–15 foiziga mahalliy paxta navlari ekilib, himoya maydoni tashkil etilishi shart. Mazkur yondashuv zararkunandalarning chidamlilik hosil qilishining oldini oladi va dalaning biologik himoyasini ta’minlaydi. Batafsil – videoda. Video: Telegram

Agrotavsiyalar, Yangiliklar

Paxtachilikdagi 8 ta qonun: Vazir fermerlarga muhim tavsiyalar berdi

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov fermerlar bilan dalalarda uchrashib, agrotexnik tadbirlarning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Vazir ta’kidlaganidek: “Agar fermer o‘zi ishlasa, o‘zi qiziqib ishlasa, albatta natija bo‘ladi, daromad bo‘ladi. Ammo egallagan bilimini amaliyotda qo‘llamasa, u bilim javonlarda qolib ketaveradi.” Shuningdek, avvalo o‘tgan yillardagi tajribalarni tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xatolardan xulosa chiqarish va zamonaviy agrotexnologiyalarni to‘g‘ri

Agrotavsiyalar, Yangiliklar

Yuqori hosildorlik sari: paxtachilikning 8 muhim qonuni

Bugungi zamonaviy paxtachilikda yuqori hosil olishning siri nimada? Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning 8 ta asosiy qonuni ishlab chiqilgan. Mazkur qonunlar ilmiy tajriba va amaliy kuzatuvlarga asoslanib, bugungi paxtachilikning eng muhim mezonlari sifatida tavsiya etilmoqda. Bugundan boshlab ushbu tavsiyalar asosida maxsus video turkumini boshlaymiz.1-qonun/qoida– ko‘chat qalinligi. Yuqori hosil olish uchun har bir gektarda kamida 200 ming

Agrotavsiyalar, Yangiliklar

2-qonun – ekish sxemasi

Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning ta’kidlashicha, paxtadan yuqori hosil olishda ekish sxemasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. G‘o‘za 76/10 sxema asosida ekilishi zarur. Aynan ushbu sxema har bir o‘simlikning yorug‘lik, namlik va oziqa moddalardan samarali foydalanishini ta’minlaydi. To‘g‘ri ekish sxemasi g‘o‘zaning bir tekis rivojlanishi, agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi va hosildorlikning oshishiga xizmat qiladi. Batafsil —

Agrotavsiyalar, Yangiliklar

4-qonun – to’g’ri o‘g‘itlash

Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, paxtadan yuqori hosil olishda o‘g‘itlash tizimi eng muhim agrotexnik tadbirlardan biridir. O‘g‘itni o‘z vaqtida, to‘g‘ri me’yorda va o‘simlik ehtiyojidan kelib chiqib qo‘llash zarur. Shundagina g‘o‘za sog‘lom rivojlanadi, ko‘saklar to‘liq shakllanadi va hosildorlik ortadi. To‘g‘ri o‘g‘itlash – yuqori hosilning ajralmas shartidir. Batafsil – videoda. Video: Telegram

Scroll to Top